Yoşlar orasida OIVga nisbatan bağrikenglikni oşiriş — umumiy maqsadimiz

Toshkent şahridagi «Porto Bello Hotel» mehmonxonasida «IMKONIYAT» Respublika jamoat birlashmasining Toshkent viloyati bölinmasi tomonidan AFEW International sub-loyihasi doirasida yakuniy davra suhbati ötkazildi.

IMKONIYAT va AFEW International ramzlari oldida yakuniy davra suhbati iştirokçilari

AFEW International sub-loyihasining yakuniy davra suhbati, Porto Bello Hotel, Toshkent. © IMKONIYAT

Toshkent şahridagi «Porto Bello Hotel» mehmonxonasida «IMKONIYAT» Respublika jamoat birlashmasining Toshkent viloyati bölinmasi tomonidan AFEW International sub-loyihasi doirasida yakuniy davra suhbati ötkazildi.

Tadbir loyiha doirasida amalga oşirilgan işlarni sarhisob qiliş, erişilgan natijalarni muhokama qiliş, hamkorlar örtasida tajriba almaşiş hamda yoşlar orasida OIVga nisbatan bağrikeng munosabatni şakllantiriş böyiça kelgusidagi hamkorlik yönalişlarini belgilaşga qaratildi.

Davra suhbatida OITSga qarşi kuraşiş markazlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (MOM) hamda boşqa hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etdilar.

Uçraşuv davomida loyiha doirasida amalga oşirilgan faoliyat va erişilgan natijalar taqdim etildi. Jumladan, yoşlar bilan işlaşda KVIZ — interaktiv viktorina formatidan foydalaniş, OIV böyiça bilim va xabardorlikni oşiriş, OIV bilan yaşovçi insonlarga nisbatan mavjud stereotip va notöğri qaraşlarni kamaytiriş, stigma va diskriminatsiyaning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Iştirokçilar loyiha davomida qöllanilgan interaktiv yondaşuvlarning yoşlar bilan muloqot qilişda samarali vosita ekanini ta’kidladilar. KVIZ formatidagi tadbirlar orqali yoşlarning OIV, uning yuqişi va oldini oliş, şuningdek, OIV bilan yaşovçi insonlarning huquqlari va jamiyatdagi örni haqidagi bilimlarini oşirişga qaratilgan işlar amalga oşirildi.

Davra suhbati davomida iştirokçilar öz tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlar örtasida profilaktik, axborot-ma’rifiy va tarğibot işlarini davom ettiriş böyiça takliflarini bildirdilar. Şuningdek, turli taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş va yoşlar uçun tuşunarli, interaktiv hamda zamonaviy axborot usullaridan foydalaniş muhimligi qayd etildi.

Loyiha doirasidagi faoliyat yoşlar bilan işlaşda interaktiv usullarni keng qöllaş, OIV böyiça xabardorlikni oşiriş hamda OIV bilan yaşovçi insonlarga nisbatan hurmatli va bağrikeng munosabatni şakllantiriş yölida muhim qadam böldi.

Tadbir yakunida loyiha doirasida hamkorlik qilgan taşkilotlar va mutaxassislarga minnatdorçilik bildirilib, yoşlar orasida OIVning oldini oliş, stigma va diskriminatsiyani kamaytiriş hamda soğlom va bağrikeng jamiyatni şakllantirişga qaratilgan hamkorlikni davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi.

Birgalikdagi harakatlar — xabardor, bağrikeng va stigma hamda diskriminatsiyadan xoli jamiyat sari muhim qadamdir.

Tadbirdan video lavhalarAFEW International yakuniy davra suhbati, Porto Bello Hotel, Toshkent. Ovozsiz video, 33,5 soniya. © IMKONIYAT