«IMKONIYAT» — 33 yil: hamkorlik, tajriba va yangi maqsadlar

2026-yil 29-sentabr kuni «IMKONIYAT» Respublika jamoat birlashmasi taşkil topganining 33 yilligi munosabati bilan hamkorlar va hamfikrlar iştirokida davra suhbati ötkazildi.

“IMKONIYAT”ning 33 yilligiga bağişlangan uçraşuv iştirokçilari

«IMKONIYAT» RJBning 33 yilligiga bağişlangan davra suhbati, 2026-yil 29-sentabr. © IMKONIYAT

2026-yil 29-sentabr kuni «IMKONIYAT» Respublika jamoat birlashmasi taşkil topganining 33 yilligi munosabati bilan hamkorlar va hamfikrlar iştirokida davra suhbati ötkazildi.

Tadbirda taşkilotning köp yillik faoliyati, amalga oşirilgan loyihalar va erişilgan natijalar, şuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar va yangi taşabbuslar muhokama qilindi.

33 yil davomida «IMKONIYAT» jamoat manfaatlarini qöllab-quvvatlaş, teng imkoniyatlarni ilgari suriş, insonlarning hayot sifatini yaxşilaş hamda turli ijtimoiy masalalar böyiça hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan faoliyatni amalga oşirib kelmoqda.

Davra suhbati davomida iştirokçilar taşkilotning bugungi faoliyati va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almaşdilar. Mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlaş, yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari, nodavlat notijorat taşkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari iştirok etdilar. Jumladan:

  • Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi;
  • «Ishonch va hayot» taşkiloti;
  • NNO «Intilish»;
  • Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOM);
  • «Yuksalish» harakati;
  • O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati bölimi;
  • O‘zbekiston Yoshlar agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi;
  • Toshkent viloyati Mahallalar uyushmasi;
  • NNO «Barqaror hayot»;
  • NNO «Istiqbolli avlod»;
  • Respublika OITSga qarshi kurashish markazi;
  • Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi;
  • Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi;
  • O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘ZNNTMA);
  • boşqa hamkor taşkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari.

Uçraşuv iştirokçilari «IMKONIYAT»ning 33 yillik faoliyati davomida şakllangan hamkorlik aloqalarining ahamiyatini ta’kidlab, kelgusida ham ijtimoiy ahamiyatga ega taşabbuslarni birgalikda amalga oşirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tadbir yakunida taşkilot bilan yillar davomida hamkorlik qilib kelayotgan hamkorlar, döstlar, mutaxassislar, faollar va jamoatçilik vakillariga samimiy minnatdorçilik bildirildi.

33 yil — bu nafaqat bosib ötilgan yöl, balki yangi maqsadlar, yangi taşabbuslar va yangi imkoniyatlar sari harakatdir.

«IMKONIYAT» kelgusida ham hamkorlar bilan birgalikda teng imkoniyatlarni kengaytiriş, jamiyat farovonligiga hissa qöşiş va ijobiy ijtimoiy özgarişlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan faoliyatini davom ettiradi.

Tadbirdan video lavhalar«IMKONIYAT»ning 33 yilligiga tabriklar. Asl ovoz saqlangan; subtitrlar yöq. © IMKONIYAT
Tadbirdan video lavhalar«IMKONIYAT»ning 33 yilligiga tabriklar. Asl ovoz saqlangan; subtitrlar yöq. © IMKONIYAT
“IMKONIYAT”ning 33 yilligiga bağişlangan uçraşuv iştirokçilari
«IMKONIYAT» RJBning 33 yilligiga bağişlangan davra suhbati, 2026-yil 29-sentabr. © IMKONIYAT
«IMKONIYAT» — 33 yil: hamkorlik, tajriba va yangi maqsadlar — IMKONIYAT