Stigma nima va u odamlarning tibbiy yordamga murojaat qilishiga qanday to‘sqinlik qiladi: sodda til bilan tushuntiramiz

Stigma — bu noto‘g‘ri tasavvurlarga asoslangan salbiy munosabat. U insonlarning yordam so‘rashiga xalaqit berishi mumkin.

Stigma — bu kasallik yoki holat haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga asoslangan salbiy munosabat. Kamsitish esa shu munosabatning amaliy ko‘rinishidir.

Stigma va kamsitish insonlarning testdan o‘tishiga, davolanishni boshlashiga va yordam so‘rashiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun stigmani kamaytirish sog‘liqni saqlashning muhim qismidir.

Bog‘liq yangiliklar