• Amalga oşirilmoqda

Samarqand viloyatida OIV epidemiyasini nazorat qilish modeli (SOMEC)

OIVni erta aniqlaş va davolanişni tezroq boşlaşga yordam beramiz: OIV bilan yaşayotganlarning şeriklarini bepul, maxfiy va anonim testga taklif qilamiz.

«1-dekabr» yozuvi va qizil lenta tasvirlangan ekran fonida sahnada diplom uşlagan oq xalatli tibbiyot talabalari

Samarqand davlat tibbiyot universitetida OIV/OITS böyiça KVIZ-viktorina, 2025-yil 28-noyabr © IMKONIYAT

Maqsadlar

  • Samarqand viloyatida öz statusini biladigan OIV bilan yaşayotganlar uluşini 95% ga yetkaziş
  • Taşxis qöyilgandan keyin 7 kun içida ARTni boşlaydiganlar va ART olayotganlar uluşini 95% gaça oşiriş
  • Virusli supressiyaga erişgan ART olayotganlar uluşini 95% gaça oşiriş
  • OIV bilan yaşayotganlar, ularning oilalari, şeriklari va asosiy guruhlarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani kamaytiriş

Bu qanday işlaydi?

OIV bilan yaşayotganlarning şeriklarini ekspress-testga jalb qilamiz. TellYourPartner raqamli platformasi orqali inson şerigiga testdan ötiş taklifi bilan xavfsiz xabar yuborişi mumkin, HIVTEST.UZ orqali esa şerik ma’lumot oladi va testga buyurtma beradi. Biz maslahat beramiz, autriç işini olib boramiz va mijozlarga davolaniş boşlanguniça hamrohlik qilamiz.

2025-yilda nima qilindi?

2025-yil avgust oyidan loyiha jamoasi OIV böyiça axborot materiallarini işlab çiqib tarqatdi, ijtimoiy tarmoqlar, yopiq guruhlar va jamoa vakillari orqali tuşuntiriş işlarini olib bordi, OIV bilan yaşovçi şaxslarning hamkorlari va yaqinlari testdan ötişi uçun onlayn maslahatlar va yönaltiriş mexanizmlaridan foydalandi.

  • 2025-yil 27-oktabr — «Camilla Med» klinikasida «Istiqbolli avlod» NNT va Samarqand viloyati OITSga qarshi kurash markazi bilan birga tibbiyot xodimlari, outreaç xodimlari, psixologlar, NNT va jamoa vakillari uçun «Stigma va diskriminatsiya» seminar-treningi
  • 2025-yil 28-noyabr — MDK jamoasi, ICAP loyihasi va Yoshlar ittifoqi bilan birga Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari uçun OIV/OITS böyiça KVIZ-viktorina

Hamkorlar

  • ICAP — «Xalqaro dasturlar markazlari» korporatsiyasining Qozog‘istondagi filiali
  • «Istiqbolli avlod» NNT
  • Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  • O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

Suratlar

Boğliq yangiliklar