Samarqand viloyatida SOMEC loyihasini boşladik

OIV epidemiyasini nazorat qiliş modeli: OIV bilan yaşayotganlarning şeriklarini bepul, maxfiy va anonim testdan ötkaziş va davolanişni erta boşlaş.

Universitet binosi tasvirlangan ekran fonida prezidium stoli ortidagi taşkilotçilar

Samarqand davlat tibbiyot universitetidagi viktorina taşkilotçilari, 2025-yil 28-noyabr © IMKONIYAT

Loyiha 2027-yil oxirigaça möljallangan. Uning maqsadi — profilaktika va testni kengaytiriş, davolanişni erta boşlaş va stigmani kamaytiriş orqali Samarqand viloyatida OIV epidemiyasini barqaror nazorat qiliş. OIV bilan yaşayotganlarning şeriklari TellYourPartner platformasi orqali testga taklif olişi va HIVTEST.UZ orqali testga buyurtma berişi mumkin.